Markaziy bank 12-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “Daryo”
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 137,20 so‘mni tashkil qildi. Yevro 136,39 so‘mga tushib, 10 988,72 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida dollarning rasmiy kursi mart oyidan buyon ilk bor tushib, 10 130,00 so‘m bo‘lgan, so‘nggi haftada esa dollar kursi 10 129,39 so‘mni tashkil qilgandi.
