Har bir inson biografiyasida boshqalarni hayratga soladigan holat bo‘lishi mumkin. Bundan mashhurlar ham mustasno emas. Cosmopolitan nashri yulduzlar bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola etadi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Leonardo Di Kaprio

Foto: Getty Images

Di Kaprioning onasi o‘g‘lini taniqli rassom da Vinchi sharafiga Leonardo deb atagan. Ta’​kidlanishicha, Irmelin italyan muzeylaridan birida rassom suratini tomosha qilayotganida, onasi qornida bo‘lgan Di Kaprio birinchi marta qimirlagan.

Ledi Gaga

Foto: Getty Images

Xonanda bilan bog‘liq omadsiz voqealar ko‘p bo‘lgan. U maktab yillarida qattiq kaltaklangan. Ledi Gaga bolaligidagi ayrim voqealar uning ruhiyatiga jiddiy shikast yetkazganini ta’kidlaydi.

Rayan Gosling

Foto: Getty Images

Aktyor mashhur Backstreet Boys guruhining ijrochilaridan biri bo‘lishi mumkin edi. U musiqachi Ey Jey Maklin bilan qo‘shni bo‘lgan va u bilan guruhga qo‘shilishni muhokama qilgan.

Juliya Roberts

Ishonish qiyin, ammo fakt: aktrisa Juliya Robertsning tabassumi 30 million dollarga sug‘urtalangan.

Enn Xeteuey

Foto: Getty Images

Aktrisaning ota-onasi ingliz adabiyoti, xususan, Shekspirga befarq bo‘lmagan chog‘i qizlarini Uilyam Shekspir rafiqasi sharafiga Enn Xeteuey deb nomlagan.

Joan Rouling

Foto: Getty Images

Yozuvchi ish vaqtida xayol surgani uchun kotibalikdan haydalgan. Shundan keyin Joan “Garri Potter”ni yozishni boshlagan.

Foto: Getty Images

Tom Kruz

Aktyor turmush o‘rtog‘i Keti homiladorligida chaqaloq rivojlanishini kuzatish uchun 100 ming dollarga haqiqiy UTT (UZI) apparatini xarid qilib, uyiga olib kelgan.

От qwert.uz