Bir shifoxonada beg‘amroq xamshira ishlar, uni beg‘amligidan bemorlar aziyat chekishardi. Bir kuni u bemorlardan biriga «kapelnitsa» («suyuqliklarni tomchilatib quyish») ulab, o‘z joyiga qaytib boribdi-da, o‘sha yerdan turib, xar-xar zamonda «bemor Ro‘ziyev, yaxshimisiz», «bemor Ro‘ziyev, tinchmisiz» deb qichqirib so‘rab, nazorat qila boshlabdi. Bemor esa palatadan turib, «xa, tinchman» deyaverib, tovushlari bitib ketibdi. Bu orada xamshira o‘zini pardoz-andozi bilan bo‘lib, bemordan «axvol» so‘rashni bir oz unutibdi. Keyin birdan esiga tushib qolib, yana so‘rabdi:

— «Bemor Ro‘ziyev, yaxshimisiz?!…»

— «Xa, yaxshiman!»

— «O‘zingizni yaxshi sezyapsizmi?»

— «Sizga baribir emasmi? Xozir tomirlarim yorilsa kerak!»…

«Xa, nafasingni shamol uchirgur» deb ichida to‘ng‘illabdi xamshira qiz.

Yana bir ozdan vaqt o‘tib, xamshira qaytadan qichqirib, so‘ray boshlabdi. Shunda, «Xa, oldingidan ancha yaxshiman» degan ovoz xamshiraning orqa tarafidan kelibdi. Xamshira cho‘chib, orqasiga o‘girilib qarasa, xech kim ko‘rinmasmish. Cho‘chib ketib, ichiga tuflab, yana so‘rabdi:

— «Xoy, kimsan, nega ko‘rinmayapsan?»…

— «Endi xech qachon, xech kimga ko‘rinmayman» — deb qichqiribdi o‘sha sirli ovoz yana orqa tarafdan.

Xamshira qiz qo‘rqib ketibdi. Ammo, beg‘amlikni kuchi bilan, shunda xam, «Tarki odat — amri maxol» deganlaridek, o‘tirgan yeridan turib farrosh ayolga baqiribdi:

— «Xolajon, iltimos, bemor Ro‘ziyevni palatasiga kirib, qarab qo‘yingchi?!»…

Farrosh xotin bir ozdan keyin, butun koridorni boshiga ko‘tarib, qiyqirib debdi:

— «Voy o‘lmasam, xamshira qizim! Bemoringni «kapelnitsa»si tugagan, lekin o‘zi nafas olmay, polda yotibdi. Yugur bu yoqqa tezroq!»…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz