Gollivud aktrisasi Sheron Stoun o‘z uyida chaqmoq urishidan qanday omon qolgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Harper’s Bazaar  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Harper’s Bazaar

Sheron hashamatli uyi oldida quduq borligini aytgan. “Men dazmolga suv to‘ldirayotgandim. Bir qo‘limda dazmol, ikkinchi qo‘lim bilan esa jo‘mrakni ushlab turgandim. Shu payt quduqni chaqmoq urdi, undan chiqqan yorug‘lik meni orqaga itarib yubordi”, — deya eslaydi aktrisa.

Chaqmoq zarbi kuchli edi, uni aktrisa bir umr eslab qolgan: “Men otilib, oshxonani aylanib uchdim va muzlatkichga borib urildim”, — deydi aktrisa.

Aktrisaning baxtiga o‘sha paytda onasi unikida edi. Aynan Sheronning onasi Doroti unga birinchi yordam ko‘rsatgan.

“Onam meni o‘zimga keltirdi va shifoxonaga olib bordi. Shifokorlar elektr toki butun tanam bo‘ylab o‘tganini, shuning uchun 10 kun davomida har kuni fizioretapiya muolajalarini olishim kerakligini aytdi”, — deydi Sheron.

От qwert.uz