Yozda kirsam polizga,
Baxtimga yoʼq egasi.
Shirin-shakar qovunga,
Kimning tushmaydi nafsi.

Lekin aslin olganda,
«Аrzon shoʼrva» taʼtimas.
Tekin narsa yeganda,
Taʼmi xatto sezilmas.

Shu sababdan, yaxshiyam,
Quruq qaytdim polizdan.
Endi qarang, quyosh xam,
Kulib qarar olisdan!

«Tez oqar» yer kelganda,
Kema birdan quladi.
Oʼzboshimcha boʼlganda,
Xoli shunday boʼladi!

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz