Suratga olish maydonchasida urishib qolgan turk aktyorlari (foto)

Suratga olish maydonchasida bosh qahramonlar orasida sevgi bilan bir qatorda janjallashish holatlari ham bo‘lib turadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Jan Yaman va Selena Soyder

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qaysimiz sevmadik?” filmida birga suratga tushgan yulduzlar o‘rtasidagi kelishmovchilik sudgacha borgan. Bunga Janning Selenani haqoratlagani, bunga javoban esa aktrisaning unga qarata stakan otgani sabab bo‘lgan. Janjallashish Yamanning katta jarima to‘lashi bilan yakun topgan.

Erkan Petekkaya va Nurgul Yashilchoy

Foto: “Yandeks Dzen”

“Parchalangan yuraklar” serialining suratga olish jarayoni ham kelishmovchilikdan xoli o‘tmagan. Bunga ssenariy bo‘yicha olinishi kerak bo‘lgan sahnaga Erkanning qarshilik qilgani sabab bo‘lgan. Tortishish aktyorning fikri inobatga olinishi, aktrisaning esa serialdan chiqib ketishi bilan yakun topgan.

Talat Bulut va Shevval Sam

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qora niyat” seriali maydonchasida ham kelishmovchiliklar yuz bergan. Aktyor Talat liboschiga nisbatan o‘zini nojo‘ya tutganlikda ayblangan va unga nisbatan ish ochilgan. Aktrisa Shevval jabrlanuvchi tarafini olib, aktyor bilan suratga tushishdan afsusda ekanini bildirgan. Bunga chidolmagan Talat Shevvalni sudga bergan.

 Elit Eshjan va Efejan Shenolsun

Foto: “Yandeks Dzen”

“Jonsizlar” serialining suratga olish jarayonida kelib chiqqan muammoli vaziyatga esa Efejan Shenolsun sababchi bo‘lgan. Aktyor karyerasini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan aktrisaga nisbatan o‘zini odobsizlarcha tutgan. Tabiiyki, Elit Eshjan bu voqeadan qattiq g‘azablangan va aktyorning qilmishi haqida loyihadagi hamma xabardor bo‘lgan.