Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putinni umrbod prezidentlikka saylashni taklif qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni umrbod davlat rahbarligiga tayinlashni taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

“Vladimir Putinni umrbod prezident qilib saylashimiz zarurligi men ko‘p gapiradigan muhim gap. Xo‘sh, hozir kim uni almashtira oladi? U kabi dunyo miqyosidagi yetakchi siyosatchi yo‘q. Biz u bilan faxrlanishimiz kerak”, – degan Qodirov Checheniston Respublikasining koronavirus bo‘yicha tezkor shtabidagi majlisda.

Shuningdek, Ramzan Qodirov chechenistonliklarni Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha xalq muhokamasida qatnashish va ovoz berishga chaqirgan.

“Hozir qonun ustuvor bo‘lgan davlatda yashayapmiz. Biz buyuk davlatning fuqarolarimiz, bizning chechen tili – davlat tili, islom dini birinchi o‘rinda turadi, musulmonlar uchun masjidlar ochiq. Biz amaldorlar siz uchun, xalq uchun xizmat qilamiz. Ushbu sharoitlardan qoniqish sezayotgan bo‘lsangiz, dangasalik qilmay ovoz berishda ishtirok eting, o‘z davlatimizni qurishimiz va rivojlanishimiz kerak”, – deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.