Shodiqul tong otsada,
Uxlab yotar dong qotib.
Doʼstlar esa koʼchada,
Chaqirishar uygʼotib.
Deyishadi: «Turmasang,
Yuzingga suv sepamiz.
Yur, biz bilan, xoxlasang,
Yayrab, koptok tepamiz.
Shodiqul esa xamon,
Yotar gʼaflat ostida.
Lekin bu juda yomon,
Аxir gapning rostida.
Kunlar oʼtar, vaqt oʼtar,
U orqada xayotda.
Bir kun voyaga yetar,
Lekin qolib gʼaflatda!
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF