5-iyul, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Hindistonning Mumbay shahrida to‘lqinlarning qirg‘oqqa urilishi vaqtida suratga tushayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida suv toshqinidan so‘ng davom etayotgan qutqaruv ishlari. 30 kishidan ziyod qurbonlarga sabab bo‘lgan toshqinda yana 14 kishi qidirilmoqda.

Foto: EPA

Belarusning Ozertso hududidagi qishloqlardan birida Ivan Kupala kunini nishonlash paytida gulxan uzra sakrayotgan erkak va ayol. Sharqiy slavyan xalqlari ushbu majusiy kunni an’anaviy tarzda nishonlab keladi.

Foto: “TASS”

AQShning Nyuport-Bich plyajida bodi-syorfer to‘lqinni tutmoqda.

Foto: AP Photo

AQShning Koni-Aylend hududidagi plyajda sayr qilib yurgan odamlar.

Foto: AP Photo

Londonda karantin cheklovlari yumshatilganidan so‘ng Megan’s Old Town restoranida tamaddi qilayotgan do‘stlar.

Foto: Rex

Mavzuga doir: Butun dunyoda COVID-19’dan tuzalganlar soni 6 mln nafardan oshdi

Avstraliyaning Nimmitabel shahridagi Vadbilig milliy bog‘ida qor ustida sakrab yurgan kenguru.

Foto: EPA

Iordan daryosining G‘arbiy qismidagi Nablus hududida falastinlik tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan ayolning jasadini olib kelmoqda.

Foto: Rex

Mavzuga doir: Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Londonda karantin cheklovlari yumshatilgach, Milliy galereya yana ochildi.

Foto: Reuters

Hindistonlik erkak koronavirusdan himoyalanish uchun o‘ziga 4 ming dollarga tilla niqob yasattirdi.

Foto: “RIA Novosti”

Hindistonning Mumbay shahrida yog‘gan kuchli musson yomg‘irlari ko‘chalarni toshirib yubordi.

Foto: Reuters

Yamanning Sana shahri yaqinida chigirtkalar hujumi.

Foto: Reuters

Gretsiyaning Afina shahrida karantin cheklovlaridan so‘ng qayta ochilgan Divani Apollon Palace mehmonxonasi yonidagi plyajda himoya niqobida ketib borayotgan xodim.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida xot-dog yeyish bo‘yicha musobaqada ayollar o‘rtasida rekord Miki Sudoga nasib etdi. U bir daqiqada 48,5 ta xot-dogni paqqos tushirdi.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Bali orolidagi Besakix ibodatxonasida koronavirusdan keyin normal hayotga qaytish uchun duo qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

AQShning Manxetten tumanidagi Tramp binosi oldida qora tanlilarning huquqlari himoyachisi sanalgan Black Lives Matter harakati namoyishchilari mamlakat bayrog‘ini yoqib yubordi.

Foto: Reuters

Eronning Tehron shahrida pandemiya cheklovlari yumshatilgach metroda ketayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Politsiya xodimi Ispaniyaning Lerida shahriga avtomobilida sayohat qilish uchun kelayotganlarning hujjatlarini tekshirmoqda.

Foto: Reuters

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 49 yoshli novvoy uyida ovqat pishirmoqda.

Foto: Reuters

От qwert.uz