Dugonasiga Lola,
Bir kuni dedi shunday:
«Oʼrtoqjonim bir bora,
Men bilan oʼtir bunday.

Quyon xaqida senga,
Ertak aytib berayin».
Dugonasi der unga:
«Mayli quloq solayin».

«Qadim oʼtgan zamonda,
Bor ekan bitta quyon.
Koʼzlari xar tomonda,
Qararkan u yon bu yon.

Soʼrasang rangi — tusin,
Oppoq ekan u oʼzi.
Qulogʼi biram uzun,
Qop-qora ekan koʼzi.

Feʼl-atvori tor ekan,
Sal narsaga qaqsharkan.
U yoshgina gʼoʼr ekan,
Senga juda oʼxsharkan.»

Ertak shu yerga yetib,
Dugonasi «portlabdi».
«Meni mazax qilma» deb,
Jaxl qilib, dodlabdi:

«Ertaging qurib ketsin,
Menga yoqmadi sira.
Televizor koʼrayin,
Uyimda undan koʼra!».

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz