Muzqaymoq (bolalar uchun sheʼr)

Muzqaymoqni Muzaffar,
Juda yaxshi koʼrardi.
Oʼzi borib, xar safar,
Muzqaymoq yeb kelardi.

Bugun yana oyisi,
Muzqaymoqqa pul berdi.
Qayoqqa oʼgʼli borsa,
Extiyot boʼlgin derdi.

Oyisiga xayr deb,
Yoʼlga tushdi Muzaffar.
Kattalarday odimlab,
Goʼyoki uchib borar.

Muzqaymoqqa yetganda,
Muzaffar xoʼp sevindi.
Uni qoʼlga olganda,
«Eyman» degandi endi,

Xarxasha qilar edi,
Yigʼlab bitta qizaloq.
Opasi yupatsada,
Toʼxtamas edi biroq.

Qizaloqqa achinib,
Berdi muzqaymogʼini.
U xam birdan yupanib,
Yigʼishtirdi yigʼini.

Muzqaymoq yemasa xam,
Mamnun ketdi uyiga.
Аxir koʼrdiku baxam,
Qizaloq bilan birga!

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF