Quloqsiz bola (bolalar uchun sheʼr)

Bola, ari ikkovlon,
«Quvlashmachoq» oʼynardi.
Аrini quvib shodon,
Zavqqa toʼlib, quvnardi.

Kattalar der:-«Аrining,
Bilib boʼlmas ishini,
Jaxli chiqsa, bir pastda,
Sanchib olar, nishini».

Bolaga jaxl qilib,
Аri ketdi tutoqib.
Soʼng bolani yigʼlatib,
Qochdi, koʼzini chaqib!

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF