Oʼzing juda yaxshi odamsan,

(Аsosiysi uxlagan payting).

Baʼzan dilgir, baʼzan begʼamsan,

(Nimasini maqtayman, ayting!).

Mayli bugun yaxshi soʼzlayin,

Oʼylab, uzoqroqni koʼzlayin.

(Bevaqt «razbor» kimga xam kerak),

Tavalluding boʼlsin muborak!

Salom doʼstim, salom va xayr,

Koʼrishmadik sen bilan bir yil.

Eng oxiri boʼlsin baxayr,

Oqibating «bor» ekan, qoyil.

Tavalluding muborak boʼlsin,

Nishonlaymiz bugun ayyoming.

Dushmanlaring xasaddan kuysin,

Koʼtaramiz koʼklarga noming,

Va bizniki boʼladi marra,

(Sovgʼalarni qilurmiz «arra»).

Bujmaytirma aftingni,

Kattaroq och kaftingni.

Meni senday ogʼam bor,

Senga maxsus sovgʼam bor.

Meni sovgʼam duodir,

(Sovgʼa senga uvoldir).

Serob boʼlsin oʼtining,

(Shunda chiqar tutuning),

Yuvosh boʼlsin xotining

(Аgar boʼlsa oltining).

Xech boʼlmasa yuzga kir,

Undan keyin …… ga kir!

(Goʼrga emas, mingga kir!)

Doʼstim xafa boʼlmagin,

Qovogʼingni solmagin.

Bugun tugʼilgan kuning,

(Nega chiqmaydi uning).

Shunday ayyom kuningda,

Boʼlmaskanman yoningda.

Аfsus bugun vaqtim yoʼq,

(Аniqrogʼi naqdim yoʼq).

Keyin biroz tobim yoʼq,

(Chiqasaga tobim yoʼq).

Yanagi yil albatta,

Vaʼdalar katta-katta!

Tugʼilgan kuning bugun,

Tilaklar bisyor bu kun.

Bilmam necha yoshdasan,

(Doim gap eshitasan!).

Metin sogʼlik tilayman,

(«Garantiya bermayman»).

Nishonlaymiz yuz yoshing,

Xech soʼnmasin quyoshing!.

Xayot kechir baxtliroq,

Oshni damla vaqtliroq!

Puling boʼlsa xaltada,

Dam olasan Yaltada.

Pul boʼlmasa xaltada,

Demak qoʼling kaltada!

Puling boʼlsa qanorda,

Dam olasan Kanarda.

Pul boʼlmasa qanorda,

Salqinla «Uch chinor»da!

Puling boʼlsa kartada (plastik),

Koʼrinadi oʼrtada.

Yemaganing orqada,

Yeganing tomorqada.

Senga ishonch ortadi.

Dushmanlaring qoʼrqadi.

Lekin bitta tomoni,

Vaziyatning yomoni,

Pul qolmasa kartada,

Xamma «qoʼlin tortadi»!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz