Toʼrtliklar — «Xayot xaqida…»


Doimo tarozining,
Yengar ogʼir tomoni.
Odatda insonlarning,
Yengiladi yomoni


Аsalari mexnatda,
Yashar doim izzatda.
Tekinxoʼr pashsha esa,
Mexnatiga «yarasha»!


Yaxshi boʼlsa, ot agarda,
Bir qamchining yuzin koʼrar.
Yomon boʼlsa, aks xolda,
Ming qamchining tuzin koʼrar.


Olma va qurt birlashib,
Doʼstu-qadrdon boʼldi.
Bandi boʼshab, uzilib,
Ming bor pushaymon boʼldi.


Insonlar turli vaqt oʼtar dunyodan,
Baʼzilar koʼp yashar va baʼzilar oz.
Koʼp yashab, mazmunsiz umr koʼrgandan,
Oz yashab, sermazmun umr koʼrgan soz.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF