«Oʼrozvoy va xoʼrozvoy» (bolalar uchun sheʼr)
-«Xar kun ertalab seni,
Kim uygʼotar, Oʼrozvoy?».
-«Xar kun ertalab meni,
Uygʼotadi xoʼrozvoy!».
-«Unda, sen turib barvaqt,
Nima ishlar qilasan?».
-«Barvaqt turmayman xarvaqt,
Nega mazax qilasan?
Xoʼrozvoy uygʼotganda,
Bir ochaman koʼzimni.
Soʼng toʼgʼrisin aytganda,
Uxlataman oʼzimni!»…
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF