Xayol surganda inson,
Tushar goʼyo tuzoqqa.
Xayolin boʼlsang shu on,
Uchib ketar uzoqqa! …
«Kibr» nima, soʼradilar donodan,
Lekin undan na javob, na kafolat.
Boshqa dono koʼrib xayron bu xoldan,
Dedi: -«Kibr — asli mana shu xolat!»…
«Nav-nixol» derlar farzand,
Egilar xar tomonga.
Xarakat qiling, xarchand,
Egilmasin yomonga!…
Oʼrigidan xam magʼzin,
Shirinligin bildingiz.
Goxo achchiq boʼlishin,
Bilgach nima qildingiz?…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF