Ajoyib rollarni ijro etish, qizil yo‘lakdan yurib borish, mashhurlikka erishish uchun aktrisalar barchasiga tayyor: vazn yo‘qotadi, sochlarni qirqadi, 40 yoshga qariydi, iloji boricha xunuk ko‘rinish uchun soatlab vaqtini ko‘zgu qarshisida o‘tkazadi. Keling, tashqi qiyofasini antiqa tajribalarda sinab ko‘rgan jasoratli aktrisalarni bir yodga olaylik  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sharliz Teron

Foto: Cosmopolitan

Aktrisaning fikriga ko‘ra, tashqi qiyofaga o‘zgartirish kiritish g‘azabni qo‘zg‘ash uchun emas, balki muvaffaqiyatga yo‘l ochish demak. U “Maxluq” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“‘Telba Maks’ filmi har tomonlama foyda keltiradigan bo‘ldi. Sochlarim shu qadar ko‘p ediki, ularni eplab bo‘lmasdi. Mana endi to‘liq erkinlikka erishdim” – deydi sochlaridan voz kechgan Sharliz.

Demi Mur

Foto: Cosmopolitan

2015-yilda Demi Murning qizi Rumer singlisi Tallulaning sochlarini qanday kesishini ko‘rsatdi. U 1997-yildagi mashhur “Askar Jeyn” dramasidagi onasining rolidan ilhomlangan.

Sigurni Uiver

Foto: Cosmopolitan

“Begona-3” filmi ijodkorlari Sigurni Uiverni ilk marotaba sochsiz holda ko‘rsatishga qaror qildi. Gollivudda bunday holatlar tez-tez uchrab turadi, odatda suratga olish jarayoni tugagandan so‘ng rejissor ayrim kartinalar ustida qayta ishlaydi. Lekin bu paytda Sigurnining sochi qayta o‘sishni boshlagan edi. Rejissor Sigurnining sochini yana bir marotaba qirishini va buning evaziga 40 ming dollar berishni taklif etadi. Shuningdek, aktrisaning kalligini yashirib turuvchi xuddi asliga o‘xshagan parik sotib olinadi. Sigurni sochsizlikka ancha o‘rganib qolgan edi, parikni esa ikki yoshli qizalog‘ini qo‘rqitib yubormaslik uchun kiyadigan bo‘ldi.

Natali Portman

Foto: Cosmopolitan

Natali Portmanning sochini qirish sahnasi ibodat bilan bog‘liq “Vachovskiy” filmining asosiy voqealaridan biri. Bundan tashqari, Natali o‘zining tashqi ko‘rinishi tamoman o‘zgarganidan mamnun bo‘lgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, sochini kesish uchun anchadan buyon shunday qulay imkoniyatni kutib yurgan.

Naomi Grossman

Foto: Cosmopolitan

“Amerika dahshati qissasi” seriali doimo aktyorlarni kutilmagan obrazlarda sinab ko‘rishi bilan mashhur. Albatta, kimdadir o‘zgarish juda katta bo‘lishi kerak. Masalan, Naomi Grossman tasvir uchun nafaqat sochlarini qirdirgan, balki soxta burun, quloq va tishlarni kiyib, yuz ifodasi hamda imo-ishoralar ustida ham puxta ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Naomining aytishicha, grim uchun taxminan uch soat vaqt ketgan.

Keyt Blanshett

Foto: Cosmopolitan

Keyt parik kiyib yurishni yoqtirmasligini tez-tez ta’kidlaydi. U o‘zining bor sochi bilan qiziqarli rollar ijro etishni yaxshi ko‘radi. “Jannat” filmidagi roli uchun sochlarini kesib tashlagan aktrisa bu ishni yana takrorlashi mumkin.

Runi Mara

Foto: Cosmopolitan

Runi Mara “Ajdaho naqshli qiz” filmidagi detektiv roli uchun maxsus taqinchoqlar taqiladigan joylarini bir kunda teshtirgan. Aktrisa bundan avval hatto zirak ham taqmagan.

Tilda Suinton

Foto: Cosmopolitan

Tilda hech qachon kasbi uchun tajriba qilishdan qo‘rqmagan. Shuning uchun 84 yoshli beva va badavlat ayol obrazi uni mardona aktrisaga aylantirdi.

Meril Strip

Foto: Cosmopolitan

Eski klassik ertaklar motivlari asosida suratga olingan “O‘rmon ichkarisida” filmida Meril Strip juda xunuk hamda istalgan kishini sehr-jodusiz ham qo‘rqitishga qodir bo‘lgan yovuz jodugar rolini ijro etgan.

Emma Tompson

Foto: Cosmopolitan

“Mening qo‘rqinchli enagam” filmida enaga Makfi rolini ijro etgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi qo‘rquv uyg‘otsa-da, aslida mehribon, haqiqiy sehrgar. Odatda insonlar sehrgarlarni ham go‘zal bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo barcha qoidalarda ham istisnolar mavjud.

Gvinet Peltrou

Foto: Cosmopolitan

“Sevgi yomon” filmida baqaloq Rozmarini ijro etgan Gvinet yaxshiyamki semirishga majbur bo‘lmadi. Aktrisa maxsus kostyumlar yordamida o‘z rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynadi.

От qwert.uz