Ba’zida noto‘g‘ri tanlov eng ideal qomatni ham beo‘xshov ko‘rsatadi. Cosmopolitan nashri tanlovda adashmaslik uchun bir necha tavsiyalar beradi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Belning pastida turadigan shim va yubkalar

Foto: Cosmopolitan

Bunday modalar vizual darajada bo‘ksani cho‘zadi va oyoqlarni qisqa ko‘rsatadi. Asosiy e’tibor tananing keng qismiga qaratilgani sabab bu tanlovda ayol o‘z shaklini yo‘qotadi.

Keng ko‘ylak

Ko‘pgina qizlar o‘z qomatlaridagi kamchiliklarni yashirish uchun keng ko‘ylaklarni tanlaydi. Bunday libosda har qanday qomat shaklsiz ko‘rinadi. Siz o‘zingizga noqulay bo‘lgan qopdek ko‘ylaklardan voz kechib, ixcham liboslarni tanlang.

Foto: Cosmopolitan

Yo‘l-yo‘l chiziqli liboslar

Yorqin, kontrastli gorizontal chiziqlar qomatni kengaytiradi va tana kvadratga o‘xshab qoladi. Bunday yo‘l-yo‘l chiziqli kiyimlarni kiyishdan ehtiyot bo‘ling. Liboslardagi shakl, gul, nuqtalar va vertikal chiziqlarga ahamiyat bering.

Uzun yubka

Ko‘p qizlar xato qiladigan xavf – uzunlik. Uzun tekis yubkalar tanani to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga aylantiradi. Shuningdek, qadam tashlaganda yubka ost qismi ko‘tarilib, yurishga noqulaylik tug‘diradi.

Yelkasi ochiq liboslar

Foto: Cosmopolitan

Ochiq yelkali ko‘ylak va bluzkalar tananing yuqori qismini vizual darajada kengaytiradi. Bunday modalar tana hajmini katta ko‘rsatadi. Agar siz tanangizga zarar berishni xohlamasangiz, yopiq yelkali liboslarni tanlashga harakat qiling.

Ulama ko‘ylak

Foto: Cosmopolitan

Bunday kiyim eng mukammal qomatni ham buzishi mumkin. Agarda siz yelka, bel va oyoqlaringiz qisqa ko‘rinishini istamasangiz, bunday modalardan voz keching.

Foto: Cosmopolitan

Kyulotlar

Ko‘plab qizlar kyulotlar bilan zamonaviy va uyg‘un tasvirni yaratishga qodir emas. Muammo oyoqlarning uzunligi va kengligida. Bunday holda kyulotlar vizual darajada oyoqlarni kesib ko‘rsatadi. Tananing pastki qismi massiv ko‘rinishining oldini olish uchun yetishmayotgan uzunlikni yuqori qism bilan to‘ldiring. Kyulotni kontrastli paypoqlar va tizza tepasiga tushuvchi koftalar bilan kiymaslik kerak.

Balet poyabzali

Foto: Cosmopolitan

Baletka — makkor poyabzal. Ular bo‘y uzunligidagi santimetrlarni o‘g‘irlab, sizni pakana qilib ko‘rsatadi. Va yuqorida sanalgan ro‘yxatdagi kiyimlar bilan bu moda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

От qwert.uz