10-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Yulduz Rajabova suratlarda harakatsiz bo‘lsa-da, qalban raqsga tushayotganini bildirdi.
Xonanda Nilufar Usmonovaning turmush o‘rtog‘ida koronavirus aniqlandi. Uning o‘zi ham biroz betobligi bois 9 kun farzandlariga yaqinlashmagan.
Xonanda Yulduz Turdiyeva 10-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan to‘ylarining ikki yilligini nishonlamoqda.
Xonanda Lola yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qarayotgan ko‘p farzandli onalar hamma ishga ulgurmasligi, o‘ziga qarashga vaqt topa olmasligi haqida post yozdi.
Davron Kabulov qizalog‘i bilan sayrga chiqdi.
Kaniza ayrim bemaza blogerlarning savollaridan charchab, o‘zi bloger bo‘lishga qaror qildi.
Shahzoda muxlislarini bir yo‘la ikkita yangi qo‘shiq bilan xushnud etadi.
“Hayot biz ko‘rgan suratlardan farq qiladi. Shunday ekan shu yerda va hozir yashang”, — demoqda Moskvadagi Zarina Nizomiddinova.
