Chiniqtiring badanni (bolalar uchun sheʼr)

Karim, Sobir ikkisi,
Chopishdi kim oʼzarga.
Sobir esa Karimni,
Ilmas edi nazarga.

Karim xar kuni turib,
Badan tarbiya qilar.
Oʼzini chiniqtirib,
Sof xavoda yugurar.

Shu sabab bellashuvda,
Karim boʼldi peshqadam.
Bu masofa aslida,
Goʼyo unga bir qadam.

Xar doim, shu boisdan,
Chiniqtiring badanni,
Ximoya qiling yovdan,
Xam oʼzni, xam Vatanni!…

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF