Koptogim juda chaqqon,
Sapchiydi yerga ursam.
Yetolmayman xech qachon,
Orqasidan yugursam.
-«Toʼxta koptogim, bir oz,
Ketib qolma uzoqqa!.
Sakrab yurib, sen bexos,
Tushib qolma tuzoqqa!».
Toʼgʼri chiqib aytganim,
Koptok dumalab ketdi.
Аnxor unga bir «gʼanim»,
Oʼziga bandi etdi.
Balqirdi suv ustida,
Qutqarolmay oʼzini.
«Qutqarib ol» deganday,
Tikib menga koʼzini.
Uzun gavronda sekin,
Koptokni qutqaraman.
Yana chopishda lekin,
Baribir yutqazaman!…
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF