Burch (bolalar uchun sheʼr)

Buvijonim uylari,
Suvogʼi sal koʼchgandi.
Sal-pal oqlanganlari,
Tamomila oʼchgandi.

Doʼstim bilan ikkimiz,
Uyni suvab, oqladik.
Аyniqsa, suvoqni biz,
Juda-juda bopladik.

Bizning bajargan ishdan,
Buvim xursand edilar.
Ikkimizga mexrdan,
«Baraka top» dedilar.

Buvimning maqtovidan,
Ikkimiz sal qizardik.
Farzand burchin yurakdan,
Qoyil qilib bajardik!…

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF