Barchaga birdek yoquvchi klassik “vatrushka”lar retsepti

Yumshoq, do‘mboq va yoqimli ta’mga ega “vatrushka”lar dasturxoningizni bezaydi. Uni yanada mazali qilish uchun tvorogga ozgina mayiz qo‘shish ham mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • 300 gr un;
  • 25 gr xamirturush;
  • 80 ml suv;
  • 63 gr sariyog‘;
  • 3 dona tuxum;
  • 2 gr tuz;
  • 120 gr shakar;
  • 5 gr vanilin;
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i;
  • 250 gr tvorog.

Tayyorlanishi:

  • Idishga iliq suv, 110 gr un va xamirturush solib, aralashtiring. Ustini sochiq bilan yopib qo‘ying.
  • Idishni 1,5-3 soat davomida iliq joyda qoldiring. Vaqti-vaqti bilan xamir qanday ko‘tarilishini tekshiring. Uning hajmi uch baravarga oshishi kerak.
  • Xamirga eritilgan sariyog‘, tuxum oqi, tuz, shakar va vanilin solib aralashtiring.
  • Sekin-asta qolgan unni qo‘shib, xamir qoring. Bu kamida 15 daqiqa davom etadi.
  • Xamir tayyor bo‘lgach, ustini sochiq bilan yoping va bir yarim soatdan ikki soatgacha iliq xonada qoldiring.
  • Xamirni kattaligi mandarindek bo‘lgan bo‘laklarga bo‘ling va yog‘langan idishga joylang.
  • Har bir xamir bo‘lagini chuqurcha qilib yoying. Yana 30 daqiqa iliq joyda qoldiring.
  • Tvorogni tuxum sarig‘i, un va shakar bilan aralashtiring;
  • Tuxum sarig‘ini har bir xamir ustiga suring va ustiga tvoroglarni joylashtiring.
  • “vatrushka”larni 180-190 gradusda qizdirilgan pechda 15-17 daqiqa davomida pishiring. Pechga e’tiborli bo‘ling, pishish vaqti har xil bo‘lishi ham mumkin.

Yoqimli ishtaha