Chumchuq bolalari (bolalar uchun sheʼr)

Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.

Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.

Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.

Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!…

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF