Ayrim aktyorlar bolaligidanoq o‘ynagan rollari bilan tomoshabinlar xotirasida saqlanib qoladi. Ularga mashhurlik borasida omad qancha tez kulgan bo‘lsa, yoshi ulg‘ayganida u darajada muxlislar e’tiborini qozona olmaydi. Ular faqat bola obrazida muxlislar qalbidan joy olgan va butun umrga shunday bo‘lib qoladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Lindsi Loxan

Foto: “Kinoteka.ru”

Lindsi Loxan 2-iyul kuni tavallud ayyomini nishonlaydi. Bolaligidanoq filmlarda rol ijro etgan Lindsining rejissorlar kelajakda juda taniqli aktrisa bo‘lishini umid qilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi, Loxan bu borada muvaffaqiyat qozonmadi. 33 yoshli Lindsi Loxanning hayotida bo‘lib o‘tgan baxtli va qayg‘uli kunlari aktrisaning yolg‘iz o‘ziga ayon. Jamoat oldida o‘zini jozibali tutgan Loxan bir necha bor qamoqxonada o‘tirib chiqdi, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan doimo aziyat chekdi.

Foto: “Kinoteka.ru”

U ilk bora “Ota-onalar tuzog‘i” filmida rol ijro etgan. Ushbu oilaviy komediyada Lindsi birdaniga ikkita obrazda namoyon bo‘lgan. O‘zining va egizak singlisining rolini ijro etish Lindsini juda charchatadi. Film muvaffaqiyatga erishgandan so‘ng Lindsining onasi qiziga menejer bo‘ladi va qizidan qattiqroq ishlashini talab etadi. Balki, shunday bosim Lindsini ham ruhiy, ham jismoniy tomondan zo‘riqishga olib kelgandir.

Makoley Kalkin (Kevin Makkalister)

Foto: Grazia

Aynan qishki ta’til arafasida ekranlarda paydo bo‘ladigan tinib-tinchimas sariq bolani tanimaydigan odam bo‘lmasa kerak. “Uyda yolg‘iz” Rojdestvo komediyasida Kevin Makkalister rolini ijro etgan Makoley Kalkin Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan hamda mamlakatdagi eng ko‘p haq oladigan bola, deb topilgan.

Foto: Grazia

Afsuski, u 16 yoshida muvaffaqiyatidan mast bo‘lib, ota-onasini tark etadi va yulduzlik hayotida yashay boshlaydi. 2004-yil noqonuniy moddalar saqlagani uchun qamoqqa olindi. Bu davrgacha u birorta filmda suratga tushishni xohlamadi. Hattoki u jamiyat hayotidan ham g‘oyib bo‘lgandi. Mashhurlikka erishgan bolakay ulg‘aygach,  depressiya qurshovida qolib ketdi.

Mara Uilson (Matilda)

Foto: Grazia

Bir vaqtlar bu yoqimtoygina qizaloq eng mashhur aktrisalardan biri bo‘lgan. Mara Uilson “Matilda” filmi orqali tanilgan. Undan so‘ng yana bir qancha filmlarda epizodik rollarni ijro etdi. Ammo keyinchalik ekranlarda ko‘rinmay qo‘ydi. Maraning ulg‘ayganini hech qaysi rejissor qabul qila olmadi va unga rol borasida taklif tushmadi. Mara 2000-yil san’atni tark etguniga qadar o‘zi haqida bir qancha mish-mishlar eshitdi. Ammo bular Marani xafa qila olmadi, u o‘zini boshqa sohada bo‘lishi kerakligini anglab yetdi.

Foto: Grazia

Jeyk Lloyd (Enakin Skayuoker)

Foto: Grazia

Enakin  Skayuoker “Yulduzlar jangi. Epizod I: Yashirin xavf:” filmida cheksiz mashhurlikka erishgan 10 yashar bola. Shuningdek, u nafaqat mashhurlikka, balki tuzatib bo‘lmas muammolarga ham duch kelgandi. U filmda rolni ajoyib tarzda ijro etar, o‘zini yaxshi tutar edi. Mashhurlik va yana boshqa hodisalar tufayli u o‘nlab ko‘rsatuvlarga intervyu berish, tadbirlarda ishtirok etish majburiyatidan xalos bo‘ldi. Shuningdek, 2001-yil u aktyorlik faoliyatini tugatayotganini va rejissorlik qilishini rasman e’lon qildi.

Foto: Grazia

2015-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan avtomobil halokatidan so‘ng uning onasi o‘g‘lini shizofreniya bo‘lganini, agar u dori vositalarini qabul qabul qilishni to‘xtatsa, o‘zini boshqara olmasligini aytdi. U bir necha oylar davomida qamoqxonada bo‘ldi, keyinchalik tashxislar uni ruhiy kasallar shifoxonasiga borish kerakligini isbotladi. Shundan buyon 30 yoshli Lloyd haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Edvard Ferlong (Jon Konnor)

Foto: Grazia

Edvard Ferlong 13 yoshga to‘lganida uni “Terminator 2” filmidagi Jon Konnor roliga tanlab olishgan. Vaqt o‘tib, mashhurlikning tark etishi Edvardning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. U mashhur bo‘lib uyg‘ondi, barcha nufuzli kechalarda unga iltifot ko‘rsatildi. Aynan shunday kechalarning birida mashhur aktyor taqiqlangan moddalarni sinab ko‘radi. Shundan so‘ng aktyorning hayotida ko‘p narsa izidan chiqdi va kinolarda qayta ko‘rinmadi.

Foto: Grazia

От qwert.uz