Ba’zida qalqonsimon bez saratonining dastlabki belgilari oddiy tomoq og‘rishi bilan adashtirib yuboriladi. Saratonning ushbu turi endokrin tizimida eng keng tarqalgan o‘sma bo‘lib, aksariyat hollarda uni odatiy davolash yoki nur bilan davolash mumkin, faqat buni ertaroq boshlash kerak. Kasallik ko‘pincha qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi paytida mutlaqo boshqa sabablarga ko‘ra aniqlanadi. Shu bilan birga, kasallikning eng kamida oltita belgisi mavjud bo‘lib, ularga bee’tibor bo‘lmaslik lozim  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy ochag”

Bo‘yinning qattiqlashuvi

Bo‘yinning avvalgi holatiga qaraganda qattiqlashganini erkaklar soqol olayotganda, ayollar esa pardoz payti sezishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, 90 foiz holda qalqonsimon bez bezovta qilmagan taqdirda ham uni tekshiruvdan o‘tkazish kerak. Ularning ahvolidan xabardor bo‘lish, vaqti-vaqti bilan ultratovush nazoratida bo‘lish zarur.

Ovozning dag‘allashishi

Mushaklarni nazorat qiluvchi bo‘g‘iz asabi qalqonsimon bezning orqa qismida joylashgan. Ba’zi hollarda o‘simta o‘sishi natijasida qalqonsimon bezdan o‘tib, asabni siqa boshlaydi yoki uni shikastlaydi, bu esa ovozga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham hech sabablarsiz ovoz bo‘g‘ilishi kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim.

Doimiy yo‘tal

Doimiy yo‘talni qalqonsimon bez saratoni alomatlaridan ajratishga yordam beradigan asosiy belgi balg‘am va isitmaning kuzatilmasligidir. Bunday yo‘talning yuqumli yoki virusli kasalliklarga hech qanday aloqasi yo‘q va aslida bu tanani yangi holatga reaksiyasi bo‘lib, mavjud narsani tashqariga chiqarishga harakat qiladi. Doimiy yo‘tal kuzatilayotgan bemorlarga, albatta, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Yutinishda qiyinchilik

Bu ogohlantirishning eng muhim belgilaridan bo‘lib, saraton kasalligining jiddiyligidan darak beradi. Shuningdek, yutinishda qiyinchilik kuzatilsa, bu bo‘g‘iz saratoni bo‘lishi ham mumkin. Uni ko‘rik yordamida aniqlab, davolash ishlarini kechiktirmaslik muhim.

Tomoqdagi og‘riq

Ko‘p hollarda qalqonsimon bezning o‘sishini sezib bo‘lmaydi, ammo kamdan kam paytlarda ularda og‘riq kuzatiladi. Ko‘pincha og‘riq bo‘yinning old qismida, ba’zan tarqoq va hatto quloqlargacha og‘rishi ham mumkin.

Nafas olishdagi qiyinchilik

Qalqonsimon bez saratonining yana bir belgisi – nafas olishda qiyinchilik. Bu kasallikning faqat bitta shakli – anaplastikadan kelib chiqadi, unda o‘sma juda tez ravishda o‘sib boradi. Bunday holatda sog‘liqqa jiddiyroq e’tibor qaratish kerak.

От qwert.uz