Ayol va erkakning barcha xatti-harakatlari nikohni mustahkamlashga qaratilgan. Lekin ular o‘zi bilmagan holda oila baxtiga xavf tug‘dirayotgan bo‘lishi mumkin. Hattoki ajrimga olib keladigan bir qancha sabablar kelib chiqishi, shubhasiz. Masalan, haddan ortiq talabchanlik yoki turmush o‘rtog‘ingizga e’tibor berish o‘rniga telefonda soatlab gap sotish… Shu kabi ayrim yoqimsiz odatlar ularni tobora begonalashtirib boradi, so‘ngra o‘rtada xafagarchilik va g‘azab hissi uyg‘onishi turgan gap. Oxir-oqibatda qaytarib bo‘lmaydigan nuqta qo‘yiladi, munosabatlar ham bir umrga tugatiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Garchi har bir ayol o‘zini ajoyib beka, yaxshi rafiqa, mehribon ona deb o‘ylamasin, o‘ziga sezilmaydigan kamchiliklari mavjud. Mutaxassislar tomonidan yomon turmush o‘rtoq ekanlikdan xabar beruvchi 6 ta alomat aniqlandi. Ushbu muammolar bilan tanishish ijobiy o‘zgarishlarga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizga nisbatan vijdonli bo‘lsangiz va kamchiliklarni tan olsangiz, oilada sog‘lom muhit paydo qilishga, albatta, erishasiz.

Juftingizning kichkina xatolariga ko‘z yuma olmaysiz

Turmush o‘rtog‘ingizning doimiy harakatlari va so‘zlaridagi ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolarini tanqid qilish − yaxshi ko‘rishni emas, balki ishonchsizlikni ko‘rsatadi. Har kimda ham atrofdagilarni ishiga aralashadigan yomon odati bor. Xo‘sh, siz u bilan yashashga qaror qilishni o‘ziyoq uni barcha kamchiliklari bilan qabul qildingiz, deganidir. Shunday ekan, uni qaytadan tarbiyalashga ne hojat? Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining xatti-harakatlari va fikrini boshqarish, uning mavjud shaxsiyatini “yaxshilash” istagi − muhabbatga bevosita zid. U siz kutgandek bo‘lishi yoki o‘zingiz qabul qilgan standartlarga javob berishi kerakmi? Albatta, buning nomi xudbinlik deb ataladi. Doimo tanqid, uning ortidan g‘azab qilish o‘rniga, ochiqchasiga samimiy gaplashing, uning o‘zi xohlasagina yordam qo‘lini cho‘zing.

Foto: Getty Images

Xafa bo‘lganingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytolmaysiz

Inson o‘zida norozilik va boshqa salbiy his-tuyg‘ularni to‘plashi yaxshilikka olib kelmaydi. Yaqiningizni har bir kamchiligi uchun tanqid qilish mumkin bo‘lmaganidek, o‘zingizda ham jiddiy sabablarga ko‘ra norozilik kayfiyatini yashirishga hojat yo‘q. Agar juftingiz ochiqdan ochiq xafa qilgan bo‘lsa va siz bunga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingizni yashirsangiz, bu hol yana takrorlanishi aniq. Agar turmushingizga uzoq yillar bo‘lsa ham, juftingiz sizni besh qo‘ldek yaxshi bilsa ham ruhiyat bilan bog‘liq “topishmoq” o‘ynamasdan, o‘sha vaziyatda darhol shikoyat qilish zarur. Mustahkam oilalarda er-xotinlar o‘z istak-xohishlarini ochiq aytadi. O‘zingizni xotirjam his etmayotgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz buni qachon hal qilishini kutib o‘tirmasdan darhol suhbatlashishga imkon yarating.

Doimiy uchrashuvlarda turmush o‘rtog‘ingizga hamroh bo‘lasiz

Avvaliga bu hammaga yoqadi va hech kimni ortiqcha bezovta qilmaydi. Ammo oxir-oqibat eringiz sira ham erkinlik berilmaydigan, bo‘yniga arqon bog‘langan itga o‘xshatilishi mumkin. Doimo bo‘sh vaqtni birga o‘tkazaverish istagi bu – juftingizga bog‘lanib qolish va o‘zni past baholash ko‘rsatkichidir. Aloqalarning o‘ta yaqin bo‘lishi yaxshi, faqat ma’lum vaqtgacha. Keyinchalik u asabga ta’sir o‘tkazishi va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Siz doimo tortishuvlarda yutishni xohlaysiz

Sog‘lom munosabatlar bor-yo‘g‘i murosa talab qiladi. Har safar turmush o‘rtog‘ingiz bilan ziddiyatga duch kelganingizda “g‘alaba qozonish” va qaroringizni bor kuchingiz bilan himoya qilish orqali munosabatlarni jiddiy xavf ostiga qo‘yasiz. Yodda tuting, doimo tortishuvda bir so‘zdan qolgan kishi jang maydonini fath etgan bilan barobardir. Siz ham xuddi shunday qilsangiz, balki eringizga muhabbat ko‘rsatmassiz, lekin qadringizni va kuchingizni his etgan bo‘lasiz.

Foto: Getty Images

Turmush o‘rtog‘ingiz tashvishiga shunchaki ko‘rgilik deb qaraysiz

Uning qiyin vaziyatida qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘ylab ko‘rmay, yelkasini shunchaki do‘stona qoqib qo‘yish yordam beradi, deb o‘ylamang. Shuningdek, “Hammasi o‘tib ketadi” yoki “O‘ylanishni bas qiling” degan gaplar ham aslo yoqmaydi. Aslida ko‘pgina erkaklar tasalliga muhtoj, shunday paytda yelkadosh bo‘la olmaslik, sizni beparvo insonga aylantirishi mumkin.

Uning yonida ham telefon bilan band bo‘lasiz

Ayni zamonda telefondan butunlay voz kechishning sira ham imkoni yo‘q, aynan buning ortidan oilada ham kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Birga suhbatlashib o‘tirganda, televizor tomosha qilayotganda yoki restoranda bir-biriga e’tiborli bo‘lish juda muhimdir. Tushuning, yoningizda suyukli turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lganida internet olamidagi har qanday yangilik ahamiyatsiz bo‘lishi kerak. Ikkingiz ham qanchalar yaqin bo‘lmang, boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lish aslo mumkin emas.

От qwert.uz