“Daryo” dunyo va o‘zbek futboli yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Qanday chiroyli!?”. Mehnat qilishdan qochmaydigan Ronaldu dam olishni ham biladi

Foto: Instagram / @cristiano
Krishtianu Ronalduning jarima zarbasidan urgan barcha gollari bu yerda → VIDEO.
Lionel Messi ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bolalarga qimmatbaho qurilmalarni sovg‘a qildi. Bu qurilmalar bolakaylarning mustaqil hayotga o‘rganishlarida yordam beradi
Yaqinlari davrasidagi o‘sha mashhur futbol afsungarini taniganlar bo‘lsa kerak: betakror Ronaldinyo

Foto: Instagram / @ronaldinho
Ronaldinyoning “Barselona” safidagi barcha gollari bu yerda → VIDEO.
Juda ham baxtli ekanligini ta’kidlayotgan, ammo o‘ychan holatdagi Neymar

Foto: Instagram / @neymarjr
Germaniya Kubogidagi g‘alabadan xursandligini ta’kidlagan “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Holand raqibning ikki futbolchisi orasidagi surati bilan bo‘lishdi

Foto: Instagram / @erling.haaland
“Manchester Yunayted” oromini o‘g‘irlagan Jeydon Sancho esa Dortmund klubi safida 100 ta o‘yin o‘tkazganligini baxtiyor ekanligini ushbu surat bilan ifodalashga harakat qildi

Foto: Instagram / @sanchooo10
Otlarga ishqiboz Serxio Ramos va uning farzandi
Marko Asensio esa mashg‘ulotlarga qaytdi

Foto: Instagram / @marcoasensio10
Marko Asensio ijrosidagi shedevr gollarni tomosha qiling → VIDEO.
Angliya Premyer Ligasi 2020/21-yilgi mavsumini het-trik bilan boshlagan Muhammad Saloh. Misrlik “Lids”ga qarshi o‘yindagi to‘pni uyiga olib ketmoqda

Foto: Instagram / @mosalah
APLdagi debyut o‘yinida g‘alaba qozongan “Chelsi”ning yangi yulduzi — Kai Haverts

Foto: Instagram / @kaihavertz29
“Chelsi” safida va APLdagi debyutidan baxtiyor yana bir nemis futbolchisi — Timo Verner

Foto: Instagram / @timowerner
Aziz G‘aniyev “Shabob Al-Ahli”ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasidan xursand

Foto: Instagram / @ganiev.6
Karantin qoidalariga amal qilayotgan Otabek Shukurov

Foto: Instagram / @shukurov_o29
