Epidemiya vaqtida bosh kiyimsiz yurish xavfli hisoblanadi. Dizaynerlar buning ham ajoyib yechimini topdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Sharf-Snud
Foto: “Domashniy ochag”
Mavsumning eng zamonaviy bosh kiyimi bo‘lib, uni sharf yoki kapyushon sifatida ham kiyish mumkin. Masalan, Italiyaning Missoni trikotaj brendi tashqi kiyimga mos tarzda Kashmir snud kiyishni tavsiya etadi. Albatta, bu ajoyib ko‘rinadi, shuningdek, boshni ham issiq tutadi.
Kapyushon
Foto: “Domashniy ochag”
Kapyushonni faqat sport libosi deb o‘ylaydiganlar Balenciaga modellarini namoyish etgan liboslarni tomosha qilsin. Moda brendida odatiy liboslarga ham “kapyushonlar” biriktirilgan bo‘lib, ularni klassik etik va poyabzallar bilan kiyish mumkin. Aytgancha, kapyushonni bo‘yinga qatlab, uni yashirish ham mumkin.
Beret
Foto: “Domashniy ochag”
Agar beret go‘yoki yarashmayotgandek ko‘rinsa, demak, xarid chog‘ida mosini tanlamaganlikdandir. Sababi beretni olishning o‘ziga yarasha qonun va qoidalari mavjud. Yuzi uzunchoq shakldagi ayollar beretni dumaloq shakldagisini biroz yon tomonga qiyalab kiyishi mumkin. Dumaloq yuzlilar esa zich va jingalak to‘qimalisiga ahamiyat qaratishi lozim.
Tasma
Foto: “Domashniy ochag”
Ba’zan muzlab qolmaslik uchun quloqlarni isitish kifoya. Har qanday vaziyat uchun turli xil tasmalar sotib olishi mumkin. Masalan, uzoq vatq yo‘lda yurish uchun trikotaj, paltolar uchun kashmir, kechki ziyofat uchun shoyiligini tanlashi mumkin.
Kepka
Foto: “Domashniy ochag”
Ushbu bosh kiyim faqat erkaklarniki hisoblanmaydi, shuningdek, buni kechki ziyofat uchun ham moslash mumkin. Bu yaqinda bo‘lib o‘tgan Milandagi Akris modalar festivalida namoyish etildi. Unga ko‘ra, kepka emas “kepi” modasida iloji boricha klassik – bosh shaklidagi siluet va quyosh nuridan himoyalagich biroz kichikroq bo‘ladi.
Ro‘mol
Foto: “Domashniy ochag”
Christian Dior va Mark Jacobs boshni ro‘mol bilan bezashni tavsiya qilmoqda. Har qanday ayol qish kunlarida paltoga moslab turli xil ro‘mol bilan ko‘rinish berishi mumkin.
Quloqchinlar
Foto: “Domashniy ochag”
Moda ixlosmandlari yana bir ajoyib aksessuarni taklif tedi. Unga ko‘ra, quloqchin o‘rnatilgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan ramkaga o‘xshaydi va quloqlarni mukammal qoplaydi hamda issiq tutadi.
Shlyapa
Foto: “Domashniy ochag”
Shlyapa avvaldanoq xonimlarning ajoyib bosh kiyimi sifatida qadrlangan. Uni yozning issiq yoki salqin kunlarda ham libosga moslab kiyish mumkin.
Tyurban
Foto: “Domashniy ochag”
Bir necha kun avval Milanda yakunlangan moda xaftaligi ko‘ra, avval urfda bo‘lgan ko‘p rangli tyurban (salla) yana modaga qaytganini ko‘rish mumkin. Modellar podiumga afrikacha uslubda o‘ralgan ipak sharflar bilan chiqdi va bu juda chiroyli ko‘rindi.