Muzlatkichda bor mahsulotlardan tayyorlanadigan yuz terisi uchun foydali niqoblar

Limon, banan, kurkuma kabi mahsulotlar professional kremlardan kam bo‘lmagan ta’sirga ega. Yosh ko‘rinishni istaganlarga tabiiy mahsulotlardan niqob tayyorlash tavsiya qilinadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Simply Sona

Shokoladli niqob

Antioksidantlarga boy ekani sabab ham shokoladi niqobdan keyin teri tiniq ko‘rinadi. Buning uchun yarim stakan kakao kukuni, 3 osh qoshiq suli yormasi, 4 qoshiq qaymoq va 2 osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Barcha mahsulotlarni aralashtiring va teriga surting. 10 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang.

Tuxum oqidan tayyorlanadigan niqob

Mazkur niqob poralarni tozalashda va yuzdagi toshmalarda samara beradi. Buning uchun birgina tuxum oqi kerak bo‘ladi. Yuzingizga surting va birozdan keyin yuvib tashlang.

Qahva va kurkumali niqob

Qahva va kurkumali niqob yallig‘lanishni kamaytiradi, kurkuma tarkibidagi antioksidantlar esa terini go‘zal ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Buning uchun 1 osh qoshiq maydalangan qahvaga, 1osh qoshiq kurkuma kukuni hamda 1 osh qoshiq qatiq qo‘shing. Aralashmani yuzingizga surtib, 20 daqiqadan keyin nam sochiq bilan artib tashlang.

Bananli niqob

Ozuqa moddalariga boy ekani sabab banandan tayyorlangan niqob terini namlantirish xususiyatiga ega. Buning uchun banan bo‘laklariga yogurt yoki qatiq qo‘shib aralashtiring, yarim qoshiq limon sharbati qo‘shing. Niqobni yuzga aylanma harakatlar bilan surting. 30 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

Asalli niqob

Yuzida pigment dog‘lar bo‘lganlar uchun asalli niqob ayni muddao. Buning uchun 1 choy qoshiq asalga, yarim choy qoshiq limon sharbati qo‘shing. Aralashmani yuzingizga surtib 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.