Gollivud yulduzlari orasida oila qurgan juftliklar talaygina. Ammo muxlislar e’tiboridan chetda qolishni o‘ylab, o‘zlarini go‘yoki “baxtli juftlik” singari tutishni “rol o‘ynayotgan” yulduzlar darrov muxlislar tomonidan “qo‘lga tushadi”. Uzog‘i bilan bir necha oylar davomida yaqin munosabatda bo‘lgan aktyor, aktrisa yoki xonandalar bu ishlari bilan omma oldidagi bor qadrini yo‘qotib qo‘yishi ham hech gap emas — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Dreyk va Jennifer Lopes
Foto: Cosmopolitan
2016-yilda Jey Lo hamda Dreyk o‘rtasidagi ishqiy munosabatlari ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Vaqti-vaqti bilan o‘zaro munosabatlarning bir-biriga zid bo‘lgan yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi. Oxir-oqibat musiqachi yigit Rianna uchun Lopesdan voz kechdi va bularning hammasi hamkorlikda yaratilgan qo‘shiq uchun reklamadan boshqa narsa emasligi aniqlandi. Shunga qaramay, 2017-yil Jennifer “Gremmi” taqdirlash marosimida bergan intervyusida Dreykni qattiq sevishini aytib o‘tgan. Ehtimol, aktrisa bu bilan unga nisbatan do‘stona tuyg‘ularini anglatmoqchi bo‘lgandir.
Zak Efron va Mishel Rodriges
Foto: “spletnik.ru”
Ushbu yuluzlar o‘rtasida ishqiy munosabat shunchaki uydirma bo‘lishi mumkin. 2014-yil 26 yoshli Zak “Forsaj” filmi yulduzi 36 yoshli Mishel Rodriges bilan suratga tushgan. Munosabatlarning hammasi butunlay kurort muhabbatiga o‘xshaydi. Sababi aktyorlarning o‘zaro munosabatlari bor-yo‘g‘i bir oy davom etdi, keyin esa ayrilishga qaror qildi. Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Zak munosabatlarning jiddiy bo‘lishini xohlagan, ammo aktrisa bu borada unga kafolat bera olmagan. Aslida esa nima bo‘lgani sir bo‘lib qolmoqda.
Selena Gomes va DJ Zedd
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktrisa va xonanda Selena Gomes va DJ Zedd nomi bilan mashhur bo‘lgan dijey Saratov Anton Zaslavskiyning bir necha oy davom etgan ishqiy munosabatini ko‘pchilik unutgan bo‘lsa kerak. 2015-yilda juftlikning birgalikda tushgan suratlari vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘la boshladi, ammo juftlikning o‘zi bunga izoh berishga shoshilmadi. Keyinchalik Anton va Selena shunchaki yangi qo‘shiq ustida birgalikda ishlagani va ularning munosabati bo‘shliqqa qurilgani ma’lum bo‘ldi.
Sheylin Vudli va Teo Jeyms
Foto: “Yandeks Dzen”
Sheylin Vudli hamda Teo Jeymsning filmda birgalikdagi ijrosidan so‘ng ularning orasidagi munosabatlar borasida mish-mishlar tarqaldi. Juftlikning tadbirlarda birga chiqishlari ularning o‘rtasida nimadir bor deb gumon qilgan muxlislarni quvontirdi. To‘g‘ri ularning ikkisi ham bu haqda ochiq biror ma’lumot bermagan, hattoki buni isbotlovchi surat ham mavjud emas. Oxir-oqibat bu ham ommaning e’tiboriga tushish uchun uyushtirilgan sevgi qissasi bo‘lib chiqdi.
Teylor Svift va Tom Xiddlston
Foto: “Yandeks Dzen”
Teylor Sviftning muhabbatga to‘la hayoti hamisha axborot vositalarida shov-shuvga sabab bo‘lgan. Ammo uning Marvel yulduzi Tom Xiddlston bilan munosabati sirligicha qolmoqda. Shunga qaramay juftlik ajrashganidan so‘ng Tom o‘zini go‘yoki parchalangan yurak egasi kabi tutmoqda. Lekin muxlislar ushbu muhabbatni soxta deb hisoblaydi. Hech kimga sir emaski, Tomning keyingi loyihalari katta e’tiborga sazovor bo‘ldi va u ba’zida uning futbolkasidagi I Heart T.S yozuvi barchani qiziqtiradi.
Zak Efron va Vanessa Xajens
Foto: “Yandeks Dzen”
Ro‘yxatda ikkinchi marotaba inobatga olinayotgan Zak Efron va Vanessa Xajens birgalikda filmga tushishi bilan ularning orasidagi munosabat shov-shuvga aylandi. Hamisha tadbirlarga birga kelgan juftlik jurnalistlar tomonidan o‘qqa tutilar edi. Ammo shubha uyg‘otgan asosiy narsa shundaki, ular suratga tushayotgan film yakunidan so‘ng darhol ajraldi. Bundan tashqari, ikkalasi ham o‘zi uchun yangi sherik topishda ikkilanmadi. Bu esa muxlislar orasida shunchaki ommaviy reklama sifatida o‘ylab topilgan soxta ishqiy munosabat deb topildi.