22-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
21 yillik do‘stlar — Ziyoda va Madina Mumtoz.
Lola folloverlaridan yaxshi film tavsiya qilishni so‘radi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov hayot bo‘lganida, 22-oktabr kuni 57 yoshni qarshi olgan bo‘lardi. Mirzabek Xolmedov do‘stini iliq so‘zlar bilan yodga oldi.
“Milliy” telekanalida Obid Asomov haqida xotira ko‘rsatuvi ham efirga uzatildi.
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim rafiqasi Iman Elbanini ta’sirli tarzda tabrikladi.
Nargiza Salmonova folloverlarini so‘roqqa tutdi.
Zarina Nizomiddinova ikkinchi o‘g‘lining ismini bir necha oylardan beri sir saqlab kelayotgan edi. Nihoyat, aktrisa o‘g‘liga qanday ism qo‘yganini bolakayning 29 ming 800 nafar obunachisi bo‘lgan sahifasida oshkor qildi.
Foto: Instagram / @su_littleprince
Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonovdan yangi oilaviy fotosessiya.
Halima Ibragimova koronavirusni boshdan kechirayotgan barcha bemorlarga shifo tiladi.
Turk aktyori Kadir Dog‘uli kiyim brendining yuziga aylandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda uning rafiqasi Neslihan Atagul ham ishtirok etdi.
Mavluda Asalxo‘jayeva jiyanini uzatdi. Xonanda sho‘x qo‘shiqlari bilan kelin-kuyovni o‘ynatib, o‘zi ham ular bilan raqsga tushdi.