Amerikalik Sara Medeiros yigitidan yangi aksessuari borasidagi fikrini bilish uchun qora ko‘zoynak taqib selfiga tushdi. Tushgan suratida ko‘zoynagida aks etgan ikki odam shaklini ko‘rgan qiz qo‘rquvga tushgan. Surat Quora saytida e’lon qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Quora
Ma’lum qilinishicha, yigitining javob berishini kutayotgan vaqtda Medeiros rasmni tomosha qilishga qaror qilgan. Suratda ko‘zoynagining aksida eshikdan kiraverishda yosh bola va katta odam borligini ko‘rgan. U uyda yolg‘iz bo‘lganini aytib, suratdagi uning qarindoshlari emasligini qo‘shimcha qilgan.
Foto: Quora
Qiz surat tagiga sharpa va arvohlarning borligiga ishonishini yozib qoldirgan. U suratdagi sharpa bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lmasa ham qattiq qo‘rqib ketgan, deyiladi xabarda. Ayrim foydalanuvchilar suratni ko‘rganidan keyin qo‘rqqanini yozib qoldirsa, boshqalar suratdagi optik illyuziya, deb izoh qoldirgan.