Yaponiyalik rassom Tomoko Sato oddiy sovun bo‘laklaridan haqiqiy san’at asarini yaratdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ayol dastlab meva va sabzavotlarga naqsh solishni boshlagan. 2004-yilda u mahoratini oshirish uchun ushbu san’atning vatani – Tailandga safar uyushtirgan. Ammo rassom to‘satdan umuman boshqa material ustida ishlashga o‘tib ketgan. Ustiga ajoyib naqshlar tushirilgan buyum esa oddiy qattiq sovun edi.
Ushbu nozik ish aqlbovar qilmaydigan mashaqqatni talab qiladi. Bitta noto‘g‘ri qo‘l harakati barcha mehnatni yo‘qqa chiqarishi ham mumkin.
Hozirda Sato intiluvchan rassomlar uchun seminar va o‘quv darslarini o‘tkazib, o‘zining mahoratini ular bilan baham ko‘rmoqda.