Olimlar koronavirusdan himoya qiladigan ozuqaviy moddalarni qaysi mahsulotlar tarkibida bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Koronavirus bilan kurashish hamon davom etayotgan bir vaqtda barcha o‘zini niqob va qo‘lqop yordamida himoyalashga harakat qilmoqda. COVID-19 bilan kurashish uchun tanaga vitaminlar – A, C, D, shu jumladan, temir, selen, ruh, foliy kislotasi kerak bo‘ladi. Ushbu foydali elementlar quyidagi mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lib, ularni iste’mol qilish tavsiya etiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “poisknews.ru”

Treska (baliq turi) jigari

Foto: Pixabay

Kuniga atigi 15 gramm treska jigari me’yordagi D vitaminga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. Uni sovuq mavsumda iste’mol qilish juda foydali, chunki u quyosh nurida sintezlanadi. Uning tanqisligi nafas yo‘llarining kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi, nafas olish organlarida mikroblarga qarshi moddalar ishlab chiqarishga yordam beradi.

Tovuq va mol jigari

Foto: Pixabay

Ular tarkibida hujayralar ishlashiga yordam beradigan sink va mis, shuningdek, immunitet uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p A vitamin mavjud. Bundan tashqari asab tizimini normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan B12 vitamini ham bor.

Sariyog‘

Foto: Pixabay

Mahsulot tarkibida D, A va E vitaminlari bo‘lib, foydali omega-3 va omega -6 yog‘ kislotalari tufayli yanada ko‘proq yordam beradi. Bundan tashqari u immunitet tizimini mustahkamlaydi va tirnoq, soch va teri holatini yaxshilaydi.

Pista yog‘i

Foto: Pixabay

Mahsulot tarkibidagi A, E va D vitaminlari immunitet tizimining faoliyatini yaxshilash uchun javobgardir. Salatlarni iloji boricha pista yog‘i bilan boyitish lozim, bu sog‘liq uchun foydali.

Yong‘oqlar

Foto: Pixabay

Yong‘oqlarda ham koronavirusdan himoya qiluvchi barcha elementlar to‘plami mavjud bo‘lib, ular immunitetni oshiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, mushak to‘qimasini kuchaytirishga yordam beradi. Shuningdek, og‘riq qoldiruvchi xususiyati ham mavjud.

Pishloq

Foto: Pixabay

Pishloq tarkibida D vitamin, sink, selen, kalsiy va foydali oqsillar mavjud. Pishloq immunitet va hujayralar o‘sishi va tiklanishini kuchaytiradi, quvvatni oshiradi, kasallikni oldini olishga yordam beradi.

Sitrus mevalar

Foto: Pixabay

C vitamini immunitetni oshirish, saraton kasalligini keltirib chiqaradigan hujayralar va qarish bilan kurashish uchun muhim moddadir. Faqatgina ularni xarid qilish va vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Karam

Foto: Pixabay

Karam organizmni tozalovchi moddalarga boy bo‘lib, immunitetni yaxshilashga yordam beradi. Uning tarkibida A, B, E va C vitaminining kunlik qiymati bo‘yicha taxminan 90 foizini tashkil qiladi. Karam mahsulotidan taomlarda va salatlarda foydalanish mumkin.

Na’matak

Foto: Pixabay

Tarkibidagi C, B1, B2, vitaminlari immunitetni oshiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va qayta tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Sovuq mavsumda na’matak choy ichish tavsiya etiladi.

От qwert.uz