Inson organizmining 80 foizi suvdan tashkil topgan va salomatlik uchun suv balansi me’yorda bo‘lishi muhim sanaladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Jo‘mrakdan suv ichish mumkinmi?

Jo‘mrakdan suv ichish mumkinlikka mumkin, lekin ichgandan keyin organizmda qanday oqibatlar kuzatilishi masalaning muhim jihati hisoblanadi. Bunday suv tarkibida nafaqat temir, kalsiy, magniy, natriy va boshqalar ko‘p bo‘ladi, balki doim iste’mol qilish uchun juda ham yuqori darajada minerallashtirilgan va xlorlangan bo‘ladi.

Ko‘pchilik suv davlat nazoratidan o‘tgan bo‘lsa, uni ichish mumkin deb hisoblaydi. Lekin amaliyot bunday suvni iste’mol qilish turli kasalliklar, hatto zaharlanishga ham olib kelishini ko‘rsatmoqda.

Jo‘mrakdan suv ichilganda organizmda turli cho‘kindilar, tosh va qon-tomirlarda kalsinoz kuzatiladi. Ko‘pchilik suvni filtrlaydigan apparat xarid qilib, bu muammoni bartaraf qilish mumkin deb o‘ylaydi. Ammo filtr suvni xlordan tozalaydi, foydali qilib qo‘ymaydi.

Nima qilish kerak?

Suv zararsiz bo‘lishi uchun uch pog‘onali filtr o‘rnatish kerak. U suvda molekulalarni qoldirib, qolgan barcha narsadan tozalaydi. Shundan keyin uni litriga 30-50 mg minerallash kerak.

Gap shundaki, tuz (metallar) suvda noorganik shaklda bo‘ladi va organizm ularni oz miqdorda o‘zlashtirishi mumkin. Lekin bunday suvdan sho‘rva pishirib yoki choy damlanganda cho‘kma hosil bo‘ladi. Agar ikki oy davomida siz foydalanadigan choynakda qotma hosil bo‘lsa, suvda minerallar juda ham ko‘p bo‘ladi. Suvning salomatlik va o‘zingizni qanday his qilishingizda roli katta. Siz ichadigan suv qanday ekanligiga qarab energiyaga to‘la bo‘lishingiz, kuchsiz bo‘lib qolishingiz yoki surunkali kasalliklarga chalinishingiz mumkin.

От qwert.uz