6-noyabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova Sardor Mamadaliyevning yangi klipida kelinchak obrazida namoyon bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @shaxzoda_muhammedova

Xonanda Nasafiyning “Aktrisa” qo‘shig‘i uchun klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan klip suratga olinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, klipmeykerning talabi bilan xonanda mo‘ylovini olishga majbur bo‘lgan.

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram / @rayhonganiyeva

Ra’no Shodiyeva ikki o‘g‘lining tug‘ilgan kunini bir kunda nishonladi.

Foto: Instagram / @shodievarano

Dildora Niyozova va uning turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov.

Foto: Instagram / @dildora_niyozova

“Bravo”chi Shahlo Zoirova tanasining yuqori qismini harakatlanayotgan mashina oynasidan chiqarib ketayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Folloverlari uni yoshlarga yomon o‘rnak ko‘rsatayotganlikda aybladi. Shahlo salbiy izohlar ko‘payib ketgani uchun post ostidagi muhokamani o‘chirib qo‘ydi.

Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishib, “O‘xshatmasdan uchratmas” naqlining mazmuni haqida so‘z yuritdi.

Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

Feruza Jumaniyozova aktrisalar Kamola Umarxo‘jayeva va Rayhon Ulasenova bilan kursdosh bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Instagram / @feruza_jumaniyozova

Lola va uning farzandlari.

Foto: Instagram / @lolaofficial_

O‘zbek aktyori Ma’ruf Otajonov bosh rolni Burak O‘zchivit ijro etayotgan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda. Avvalroq ushbu serialda Akbarxo‘ja Rasulov ham ko‘rinish bergan edi.

От qwert.uz