Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali Qorabog‘dagi urush to‘xtatilgani e’lon qilinganidan so‘ng, Yerevanda yuzaga kelgan norozilik namoyishlari vaqtida namoyishchilar o‘zining qarorgohida talon-torojliklarni amalga oshirganini ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “TASS”

“Kompyuter, soatlar, parfyumeriya, haydovchilik guvohnomasi boshqa narsalar bosh vazir qarorgohidan o‘g‘irlab ketilgan. Albatta, bularning barchasi ‘vatan uchun’”, — deydi Pashinyan.

10-noyabrga o‘tar kechasi Yerevanda boshlangan norozilik namoyishlari vaqtida Pashinyan Facebook’dagi sahifasi orqali Armanistonda ekanligini va mamlakat bosh vaziri vazifasini bajarishni davom etayotganini ma’lum qilgandi.

Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatish bo‘yicha Ozarbayjon bilan kelishib olganini e’lon qilganidan so‘ng, Yerevan ko‘chalarida norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishchilar Armaniston hukumati binosiga ham bostirib kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya yetakchilari 9-noyabr kuni kechqurun Qorabog‘da janglarni to‘xtatish haqida uch tomonlama shartnoma imzoladi. Sulh shartlari Kelbajar, Agdam, Lochin tumanlari va Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar Ozarbayjon nazorati ostiga berilishini nazarda tutadi. Eni 5 kilometr keladigan Lochin koridori Armaniston ixtiyorida qolib, u Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston o‘rtasidagi aloqani ta’minlab turadi.

От qwert.uz