Antiseptikdan iborat shlyapa, tiklangan poyezd qatnovi, yotib qilingan namoyish. 11-noyabr suratlari

11-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Germaniyaning Kyoln shahrida har yili o‘tkaziladigan karnaval mavsumi pandemiya tufayli bekor qilingani uchun boshiga antiseptiklardan shlyapa kiyib olgan ayol.

Foto: Reuters

Hindistonning Kalkutta shahrida, G‘arbiy Bengaliyada deyarli 8 oydan so‘ng ochilgan vokzalda poyezddan tushib kelayotgan yo‘lovchilar.

Foto: Rex

Angliyaning Brayton shahridagi quyosh botishi.

Foto: Reuters

Italiyaning Venetsiya shahrida qariyalar uyida yashovchi Domenika Sartor qizi bilan plastik parda ortidan salomlashmoqda.

Foto: Reuters

Kolumbiyaning Dabeyba shahrida qurolli to‘qnashuv qurbonining qarindoshi qabriston ishchisiga uning xokini uzatmoqda.

Foto: AFP

Ukrainaning Kiyev shahrida restoran sanoati ishchilari karantin tadbirlarining kuchaytirilishiga qarshi mitingda qatnashmoqda.

Foto: Rex

Armanistonning Yerevan shahrida politsiya xodimlari hukumatning Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi sulhiga qarshi chiqqan namoyishchi ayolni olib ketmoqda.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Sidney shahrida opera teatri binosining ustida koronavirus qurbonlariga atab tasvirlangan lolalar.

Foto: Getty Images

Peruning Lima shahrida yangi prezident Manuel Merinoga qarshi namoyishga chiqqan odamlarning yo‘lini yopish uchun ketayotgan OMONchilar.

Foto: EPA

Rossiyaning Yakutiya hududida koronavirus bemori transportirovka qilinmoqda.

Foto: Reuters

Ukrainaning Kiyev shahrida itlari yonida buterbrod yeb o‘tirgan ayol.

Foto: Reuters

Karachi shahri aholisi quyosh botayotganda kriket o‘ynamoqda.

Foto: Reuters

AQSh Kapitoliy binosi Vashingtondagi ko‘lmakda ko‘rinmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Nyu-York shtatida koronavirusga test topshirayotgan ayol.

Foto: Reuters

Falastinlik Nasim Abu Jeymi xonaki sher bolalari bilan o‘ynamoqda. U jonivorlarni uyining tomida saqlaydi.

Foto: Reuters

Keniyaning Nakuru hududida Nayvasha ko‘li suvining sathi shu darajada ko‘tarildiki, natijada daraxtlar qulab, bolalar ularning ustiga chiqib olishdi.

Foto: Reuters

AQShda saylangan prezident Jo Bayden Delaver shtatidagi matbuot anjumanida kulib turibdi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Arguinegin hududidagi Gran-Kanariya orolida qutqarib olingan 2 mingdan ziyod muhojirlar.

Foto: Reuters

Germaniyaning Shtadtallendorf hududi yaqinidagi o‘rmonda A49 avtomagistralining kengaytirilishiga qarshi namoyishda daraxtlardagi hayinchaklarda yotgan odamlar.

Foto: Reuters

Meksikaning Tabasko hududida tropik shtormdan so‘ng suv toshqinida yurgan odamlar.

Foto: Reuters