13-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Xitoyning Sixun shahridagi Szyansu provinsiyasida 6000 dan ortiq g‘ozni boqayotgan fermer.
Foto: Getty Images

Xitoyning Xandan shahridagi muzeyda oynali labirint, olmos tunnel va Meduza lampa kabi interaktiv-immersiv namoyishlar o‘rnatilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinmoqda.
Foto: Rex

Italiyaning Turin shahrida hukumat pandemiya tufayli maktablarni yopib qo‘ygani uchun ko‘chada dars qilayotgan o‘quvchilar.
Foto: EPA

Belgiyaning Knesselar shahrida poyga qushlari ko‘rgazmasida taqdim etilayotgan kaptarlar.
Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tibbiyot xodimlari va koronavirusdan vafot etgan bemorning yaqinlari jasadni yondirish uchun gulxanga olib bormoqda.
Foto: Reuters

Iordan daryosining g‘arbiy sohillaridagi Kafr-Kaddum hududida falastinlik namoyishchilar isroillik harbiylarning yonida yugurib yahudiylarning ko‘chib kelishiga qarshi chiqmoqda.
Foto: Reuters

Ozarbayjonning Lochin hududida Tog‘li Qorabog‘ga ketayotgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari.
Foto: Reuters

Filippinning Rodriges shahridagi Risal provinsiyasida “Vamko” tayfuni keltirgan talafotlar tufayli vayronaga uchragan uylararo yurgan ona-bola.
Foto: Reuters

Hindistonning Drang hududida tashrif buyuruvchilar sharsharani tomosha qilmoqda.
Foto: Rex

AQShning Nyu-Jersi shtatida politsiya xodimi koronavirusga test topshirmoqda.
Foto: Reuters

Buyuk Britaniya qirollik baleti san’at ixlosmandlari uchun onlayn konsert dasturini qo‘ydi.
Foto: Reuters

Fransuz tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingan bemorning palatasida.
Foto: Reuters

Braziliyalik ixtirochilar o‘zlari yaratgan uchar supurgini ko‘chalarda namoyish qilmoqda. Garri Potter kitoblarida uchraydigan ushbu buyumni ular “Bulut” deya nomlashgan.
Foto: Reuters

Ukrainaning Kiyev shahrida restoran sanoati xodimlari hukumatdan karantin choralarini yumshatishni talab qilmoqda.
Foto: Reuters

Ashxobodda alabay itga oltin haykal o‘rnatildi.
Foto: Reuters

AQShning Vashington shahridagi Oq uyda yomg‘irdan keyingi kun botishi.
Foto: Reuters

Avstriyaning Vena shahrida himoya niqobidagi ayol ikkinchi marta joriy etilgan karantin vaqtida yerosti yo‘lidan yurib ketmoqda.
Foto: Reuters

AQShning Texas shtatidagi Birlashgan memorial tibbiyot markazida 43 yoshli hamshira Tanna Ingrem koronavirusdan davolanayotgan homilador ayol bilan suhbatlashmoqda.
Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Brayton hududida kun botishi.
Foto: Reuters

Etnik arman askarlari Lochin hududida Tog‘li Qorabog‘ hududiga ketayotgan Rossiya tinchlikparvar kuchlariga qarab turibdi.
Foto: Reuters