Mashhurlar orasida farzandlarining hayotda o‘z mehnati bilan oyoqqa turishni istaydiganlari ham yo‘q emas. Quyida nomi keltirilgan yulduzlar bolalari otasining puliga ishonib qolib, hayotda qoqilmasligi uchun merosdan mahrum qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sting

Foto: Grazia

Hozirgi ahvoli yarim milliard dollar deb baholanadigan ijodkor karyerasini birovni yordamisiz mustaqil boshlagan. Shu sabab bo‘lsa kerak farzandlarining ham hayotda shunday yo‘lni tanlashini istagan. Bergan intervyulardan birida u olti merosxo‘riga millionlar qoldirmasligini bildirgan. Shu sabab ham ularning o‘zi moliyaviy muvaffaqiyatga erishishi va oyoqqa turishiga to‘g‘ri keladi.

Filip Seymur Xoffman

Foto: Grazia

Taqiqlangan moddalarning dozasini oshirib yuborish oqibatida hayotdan ko‘z yumgan aktyor farzandlariga bir chaqa ham qoldirmagan. Uning ahvoli bir necha o‘n million dollar deb baholanganiga qaramay farzandlari hech qachon hashamatli hayot kechirmagan. Filipp katta miqdordagi pul voyaga yetmaganlar hayotini izdan chiqaradi, deb hisoblagan.

50 Cent

Foto: Grazia

Xonanda va uning katta farzandi Markizning munosabatlari doim chigal bo‘lgan. Markiz bir necha marta bergan intervyularida otasi ular bilan 2012-yil ikkinchi farzandi Sir Jekson dunyoga kelganidan beri gaplashmasligini bildirgan. Avvalroq 50 Cent hatto farzandining otasi ekaniga shubhasi borligini bildirgan. Shundan keyin qarindoshlari ijtimoiy tarmoqlarda bir necha marta janjallashgan va reper Markizni shunchaki merosxo‘rlari ro‘yxatidan chiqargan.

Saymon Kouell

Foto: Grazia

The X Factor nomli iste’dod egalari shousining doimiy hakamlaridan biri bo‘lgan Saymonning moliyaviy ahvoli yarim milliard dollarni tashkil qiladi. Hozirda 60 yoshda bo‘lgan Kouellning o‘g‘li Erik 6 yoshda. Intervyulardan birida u farzandiga pul bermoqchi emasligi, buning o‘rniga o‘qitishi va hayotda o‘rnini topish uchun imkoniyat yaratib berishini ta’kidlagan.

Gordon Ramzi

Foto: Grazia

Mashhur bosh oshpaz va shoumen Gordonning 200 million dollari bo‘lishiga qaramay, to‘rt nafar farzandi ushbu pullarga egalik qilolmaydi. U bor-budini inson va hayvonlar hayotini saqlab qoladigan xayriya fondlariga qoldirishni rejalashtirgan. Farzandlari esa otasi singari o‘zi ishlab pul topishi va hammasini noldan boshlab, mustaqil karyera qilishiga to‘g‘ri keladi.

От qwert.uz