Har qanday irkit o‘rdakcha bir kun kelib oqqushga aylanishi hech gap emas. Bolaligida ko‘rimsiz, tengdoshlariga nisbatan qoloq ko‘ringan insonlar kelajakda millionlab muxlislarga ega dunyoga tanilgan yulduz bo‘lishi ham mumkin. Bu yutuqqa ko‘pchilik o‘z ustida tinimsiz ishlashi, sport, plastik jarrohlik va kosmetik vositalar orqali erishadi. AdMe ana shu kabi yulduzlarning bolaligi bilan taqqoslangan suratlar bilan bo‘lishdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Keyt Bekinseyl

Foto: AdMe

Hozirda 47 yoshni qarshilagan aktrisaga taxminan 30 yoshni berish mumkin. Albatta, u bunday ko‘rinishga fitnes dasturi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali erishdi. Aktrisa bolaligida suratga tushishni yoqtiradigan sertabassum qizaloq bo‘lgan.

Dueyn Skala Jonson

Foto: AdMe

Yaqinda Dueyn Instagram sahifasida yangi surat bilan bo‘lishdi. Suratda Gavayida yashovchi, sochini afrikacha uslubda turmaklagan 7 yashar Dueyn tasvirlangan edi.

Kim Kardashyan va Kayli Jenner

Foto: AdMe

Kim Kardashyan va uning singlisi Kayli Jenner ham bolaligiga qaranganda sezilarli darajada o‘zgargan. Ular botoks va lab ishirish amaliyotini sinab ko‘rgan, ammo tanasi bilan bog‘liq hech qanday jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaganligini aytib o‘tgan.

Teylor Lotner

Foto: AdMe

Aktyor debyut rolini 13 yoshda ijro etgan. “Sumerki” kartinasida esa u endigina 17 yoshni qarshilagan edi.

Megan Markl

Foto: AdMe

Megan Markl balog‘at yoshiga yetganidan so‘ng tashqi ko‘rinishi ustida ishlay boshlagan. 2019-yilda u hattoki moda olamidagi eng nufuzli shaxs unvoniga ham sazovor bo‘ldi.

Jessika Alba

Foto: AdMe

Jessika joylashtirgan bolalikdagi fotosurat xuddi hozirgi kabi maftunkor va go‘zal.

Enn Xeteuey

Foto: AdMe

Enn bosh rolni ijro etgan “Jodugarlar” filmi namoyishidan so‘ng aktrisa bolalikdagi Xellouin bayramida tushgan surati bilan bo‘lishdi.

Riz Uizerspun

Foto: AdMe

Yillar o‘tgan bo‘lsa-da, aktrisaning bolalikdagi samimiy tabassumi sira ham o‘zgarmagan.

Dakota Jonson

Foto: AdMe

Dakotaning bolaligidagi yoqimtoyligiga o‘tgan yillar nafislik va chiroy qo‘shganga o‘xshaydi.

Bella Xadid

Foto: AdMe

Supermodel Bella ham muxlislarini bolalikdagi suratlari bilan hayratda qoldirmoqda.

Tom Felton

Foto: AdMe

Aktyor Garri Potter haqidagi filmlarda rol ijro etgandan so‘ng chinakamiga mashhurlikka erishdi.

От qwert.uz