Amerikalik astronomlar 21-dekabr kuni quyosh botganidan so‘ng Yupiter va Saturn tungi osmonda bir-biriga minimal darajada yaqin kelishini hisoblab ko‘rdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

Rays universiteti tadqiqotchisi Patrik Xartiganning so‘zlariga ko‘ra, ikki sayyora o‘rtasidagi yaqinlashuv taxminan 20 yilda bir marotaba sodir bo‘ladi, biroq ular O‘rta asrlardan buyon bu qadar bir-biriga yaqinlashmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Ushbu obyektlarning yanayam yaqinlashuvini ko‘rish uchun 1226-yilning 4-mart tonggiga qaytishingiz kerak”, — deydi Xartigan.

Ob-havo sharoiti yaxshi bo‘lsa, hodisani Yerning istalgan nuqtasidan turib ko‘rish mumkin bo‘ladi, ammo kuzatish uchun eng yaxshi joy ekvator atroflari hisoblanadi. Olimning aniqlik kiritishicha, 21-dekabr kechasi Yupiter va Saturn “diametri to‘lin Oyning 1/5 qismidek ajralgan holatdagi ikkitalik sayyora kabi ko‘rinadi”.

Bu kabi hodisa 2080-yilning 15-martida, shuningdek, 2400-yilda ham takrorlanadi.

Yupiter va Saturn bir-biriga yozdan buyon yaqinlashmoqda. 16–25-dekabr kunlari ularni to‘lin Oy diametridan kamroq masofa ajratib turadi.

От qwert.uz