Jo‘xori va tuxum qo‘shib vitaminga boy tovuq sho‘rva pishiramiz

Mazkur sho‘rva, ayniqsa, sovuq kunlar uchun ayni muddao  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashnyaya kulinariya”

Kerakli mahsulotlar:

  • Suyakli tovuq go‘shti – 300 gr;
  • Suv – 1200 ml;
  • Tuz, murch;
  • Konservalangan jo‘xori – 200 gr;
  • Jo‘xori kraxmali – 25 gr;
  • Ko‘k piyoz;
  • Tuxum – 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tovuq go‘shtini 45 daqiqa davomida suvda qaynatib oling.
  • Pishgan go‘shtni suyagidan ajratib, o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
  • Bulyonga tuz va murch qo‘shing.
  • Jo‘xori hamda tovuq go‘shtini bulyonga qo‘shib, 3 daqiqa davomida pishiring.
  • Kraxmalga sovuq suv qo‘shing.
  • Ko‘k piyozni mayda to‘g‘rang.
  • Kraxmalli aralashmani bulyonga qo‘shing, ko‘k piyoz va murch solib yana 3 daqiqa qaynating.
  • Chaqilgan tuxumni ovqatga qo‘shing va sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.
  • Shundan keyin olovni o‘chiring va 5 daqiqa qopqog‘ini ochmang.

Yoqimli ishtaha!