Sovuq haroratda issiq tutadigan va o‘ziga xos obrazga ega bo‘lishga hissa qo‘shadigan “sherst”, ya’ni jun matoli kiyimlarni sifatli saqlashga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Dazmol qilmang

Jun matodan tikilgan kiyimni parli dazmol qilish mumkin, lekin uydagi oddiy dazmoldan foydalanib bo‘lmaydi. Qilingan taqdirda ham, mato kiyib bo‘lmaydigan holatga keladi. Yaxshisi, uni parlangan vannaga ilib qo‘ying.

Maxsus vositalardan foydalaning

Charm, zamsh poyabzal uchun maxsus vosita bo‘lganidek, faqat jun matosi uchun ishlatiladigan vositalar ham bo‘ladi. Bunday vositalarni istalgan maishiy kimyo bo‘limidan xarid qilish mumkin.

Bolalar shampunidan foydalaning

Agar jun matoli kiyimni yuvishga to‘g‘ri kelib qolsa va do‘konga yetib borish uchun imkon bo‘lmasa, oddiy yoki bolalar shampunidan foydalaning.

Faqat sovuq suvda yuving

Bunday matoni faqat va faqat sovuq suvda yuvish kerak. Bu bilan nafaqat kiyim rangi o‘zgarmaydi, balki g‘ijim bo‘lmaydi va unga zarar ham yetmaydi.

Ehtiyot bo‘ling

Jun matoli kiyimni yuvganda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning, qattiq ishqalab yubormang. Ushbu matoni teskari tarafidan yuvgan yaxshi. Bunda kardigan, palto yoki sviterda “katishka” paydo bo‘lmaydi.

Tozalashni unutmang

Jun matosidan tikilgan kiyimingizni shkafga qo‘yib qo‘yishdan avval uni, albatta, kiyim uchun maxsus cho‘tka yordamida tozalang. Shunda ushbu kiyim sizga uzoq muddat xizmat qiladi.

Yangilab turing

Jun matosidagi “katishkalar” uning ko‘rinishi xunuk bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ammo ulardan mustaqil ravishda maxsus mashinka yordamida qutilish mumkin.

Formasini o‘zgartirib turing

Agar kiyimning formasini o‘zgartirmoqchi, masalan, yengini kaltalamoqchi bo‘lsangiz, buni yuvgandan keyin amalga oshirgan yaxshi.

Veshalkaga ilmang

Jun matoli sviter yoki kiyimni veshalkada saqlamang va unga ilib qurita ko‘rmang. Bu orqali mato ko‘rinishi buzilishiga sababchi bo‘lishingiz mumkin. Yaxshisi, shkaf polkasida saqlaganingiz ma’qul.

Faqatgina gorizontal quritish

Jun matoli liboslarni faqatgina gorizontal quritganingiz yaxshi. Yuqorida ta’kidlaganidek, quruq sochiq ustiga yoyib qo‘ying, u yuvilgandan keyin namlikni o‘ziga tortib oladi.

От qwert.uz