Donli mahsulotlardagi oqsil moddasini qabul qilmaslik uchun ratsiondan bug‘doy, jo‘xori, arpa va javdar tarkibli barcha mahsulotni chiqarib tashlash kerak. Tushlik, kechki ovqat uchun yechim topishga vaqt yetadi. Ammo nonushtaga nima qilish mumkin? Quyida buning uchun bir qancha takliflar mavjud  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy ochag”

Pishloq va qovoqchadan oladye

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • Tuxum – 2 dona;
  • Qovoqcha (kabachki) – 100 gramm;
  • Motsarella pishlog‘i – 25 gramm;
  • Yog‘siz qaymoq – 1 osh qoshiq;
  • O‘simlik yog‘i, ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum qaymoq bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi;
  2. Qovoqcha va pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, tuxumli aralashmaga qo‘shiladi;
  3. Tayyor bo‘lgan aralashma osh qoshiqda oz-ozdan olinib, qizitilgan yog‘da ikki tomoni qizarguncha pishirib olinadi. Yegulik ko‘katlar bilan bezatiladi.

Olma va guruchli bo‘tqa

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • Qaynatilgan guruch – 100 gramm;
  • Olma – 50 gramm;
  • Sut – 50 ml;
  • Yong‘oq, vanil, maydalangan dolchin.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Guruch avval 150 ml suvda qaynatib olinadi.
  2. Guruch suvi qaynab tugagach, ustidan sut quyiladi. 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.
  3. Olma po‘stlog‘i va urug‘idan tozalanib, mayda kubik shaklida to‘g‘raladi. So‘ngra bo‘tqaga qo‘shib, aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra yong‘oq, vanil va maydalangan dolchin solish mumkin.
  4. Shuningdek, olma o‘rniga qovoq ham qo‘shish mumkin.

Tuxum va sabzavotli salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • Tuxum – 1 dona;
  • Pomidor – 50 gramm;
  • Bodring – 50 gramm;
  • Ko‘kat aralashmasi – 50 gramm;
  • O‘simlik yog‘i, soya sousi, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Stakan ichiga oziq-ovqat plyonkasi solinadi, ichi yog‘lanib, tuxum chaqiladi. Tuz va ziravorlar qo‘shilgandan so‘ng plyonka chetlari asta birlashtiriladi. Qopcha shakliga keltirilib, ip bilan bog‘lanadi. Qaynayotgan suvga solib, 4 daqiqa davomida pishiriladi.
  2. Plyonka asta qaychi yordamida kesilib, tuxum tarelka ustiga joylashtiriladi.
  3. Bodring va pomidor mayda to‘g‘raladi, ustidan ko‘kat, tuz va ziravorlar, soya sousi quyilib, aralshtiriladi. So‘ngra salatning ustiga pishirilgan tuxum qo‘yiladi. Ushbu salatni har kim didiga ko‘ra bezatishi mumkin. Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz