O‘zbekistonda 2020-yilda 1 million 34 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 million 82 ming tonna yoki 2019-yilga nisbatan 109 foiz paxta xomashyosi yetishtirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “Uzpaxta.uz”
- Farg‘ona 107,7 foiz;
- Xorazmda 106,7 foiz;
- Andijonda 106,6 foiz;
- Namanganda 105,1 foiz;
- Toshkentda 104,4 foiz;
- Samarqandda 103,6 foiz;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiyda 102,7 foiz;
- Jizzaxda 100,7 foiz;
- Qashqadaryoda 95,8 foiz;
- Sirdaryoda 93,5 foiz;
- Buxoroda 89,1 foiz;
- Surxondaryoda 82,3 foiz paxta hosili terib olindi.
Paxta yetishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yig‘im-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-to‘qimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 ming ta fermer xo‘jaliklaridan 23,0 ming tasi shartnomani bajardi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Respublikada har gektar paxta maydonida o‘rtacha hosildorlik 29,8 sentnerni tashkil qilgan.
Shuningdek, 2020-yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 million 794 tonna va 11 ta kooperatsiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda o‘tkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.