Videoblogerlar Gevin Fri va Daniel Grachi o‘zining The Slow Mo Guys nomli loyihasi davomida sekinlashtirilgan roliklarni suratga olib keladi. Ular turli obyektlar ustida, xususan, qopqon, ognemyot yoki suv bilan to‘ldirilgan ulkan sharlar ustida tajribalar o‘tkazgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: YouTube

Blogerlarning navbatdagi videosida havoda o‘z o‘qida aylangan va shundan so‘ng parchalanib ketgan olmani ko‘rish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Levitatsiya Koanda effekti bilan izohlanadi — u predmet yuzasiga havo oqimi ta’siridagi past bosim zonasi hisobiga sodir bo‘ladi. Rolikda havo oqimi 150 PSI bosimli havo kompressori yordamida hosil qilingan.

Olma (yoki boshqa predmet, masalan, ping-pong to‘pi) yon tarafga biroz siljisa, tashqi tomondan ta’sir etayotgan havo oqimi sekinlashadi, markazi esa tez qolgani sabab olma teskari yo‘nalishda tortiladi. U qarama-qarshi yo‘nalishda tezlashadi.

Blogerlarning so‘zlariga ko‘ra, olma shu qadar tez aylanganki, oddiy kamera yordamida uning aylanishi va parchalanishini suratga olishning imkoni yo‘q. “Olmaning bir marta to‘liq aylanishi uchun 9,1 millisoniya kifoya, bu soniyasiga 109 marotaba aylanish demak”, — deydi Fri. Effektning ishlash prinsipini ko‘rsatish uchun tasvir soniyasiga 28 500 kadr tezligida sekinlashtirilgan.

От qwert.uz