Albaniyada politsiyachi komendantlik soatini buzgan erkakni o‘ldirib qo‘ygani sababli namoyishlar boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

Namoyishchilar mamlakat ichki ishlar vazirining iste’fosini talab qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Namoyishlardagi to‘qnashuvlar oqibatida ikki nafar politsiya xodimi va bir nafar jurnalist yengil jarohat olgan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

Foto: EPA

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli Klodian Rasha 8-dekabr kuni tong vaqti politsiya ofitseri tomonidan komendantlik soati vaqtida haddan ortiq kuch ishlatilishi oqibatida o‘ldirilgan. Komendantlik soati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Dastlab politsiya o‘ldirilgan erkak politsiyachining to‘xtash haqidagi buyrug‘ini bajarmaganini va uning qo‘lida qurol bo‘lganini ma’lum qilgan. Biroq keyinroq politsiya erkak qo‘lida qurol emas, balki qandaydir buyum ushlab turganini bildirgan.

Klodian Rashani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan politsiya xodimi qo‘lga olingan, ayni paytda tergov olib borilmoqda.

От qwert.uz