Yuz yoki tanada mo‘y ko‘payishi o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Bunga dori vositalari, gormonal o‘zgarish va turli o‘simtalar sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Freepik

Androgen gormonining o‘zgarishi

Aksari hollarda bu gormonlar o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda ayol organizmida erkaklar gormoni androgen me’yordan ortiq ishlab chiqarilayotgan bo‘lishi mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tuxumdon polikistozi sindromi

Ma’lumotlarga qaraganda, har o‘ninchi tug’ish yoshidagi ayolda ushbu kasallik kuzatilishi mumkin. Tuxumdonlar polikistozining yana bir sababi, organizmda testesteronning ko‘payishi hisoblanadi va bu yuz hamda tanada tuklar ko‘payishiga olib keladi. Vazn ortishi, soch to‘kilishi, terining yog‘lanishi esa ushbu kasallikka xos boshqa simptomlar sanaladi.

Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi

Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi nafaqat tanada mo‘y ko‘payishiga, balki uning to‘kilishiga ham sabab bo‘ladi. Bu tireotrop gormoni kam miqdorda ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qosh to‘kilishi va tirnoq plastinasining o‘zgarishi ham qalqonsimon bezda muammo borligidan darak beradigan boshqa simptom bo‘lishi mumkin.

Estrogen gormoni miqdorining o‘zgarishi

Ayollar gormoni miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, sochlar shunchalik sog‘lom va baquvvat bo‘ladi. Aksincha bo‘ladigan bo‘lsa, soch to‘kilishi va tez sinadigan bo‘lib qolishi mumkin.

Ayrim preparatlar ta’sirida

Nosteroidlar va tarkibiga testesteron, danazol bo‘ladigan ayrim dori vositalari tana va yuzda mo‘ylar o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi antidepressantlar va antikoagulyantlar esa soch to‘kilishiga olib keladi.

Autoimmun kasalliklar

Ba’zi autoimmun kasalliklarida immun sistemasi soch follikulalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zida boshning ma’lum qismida soch to‘kilishi hatto bosh sochsiz qolishi ham mumkin.

O‘simta

To‘satdan girsutizm paydo bo‘ladigan bo‘lsa va testesteron miqdori me’yordan yuqori bo‘lsa bunga gormonlar balansiga ta’sir o‘tkazadigan o‘simtalar sabab bo‘lishi mumkin. Bu buyrak usti yoki tuxumdonlardagi o‘simta bo‘lishi mumkin va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

От qwert.uz